Antonio Konte: “Yigitlar jiddiy mehnat qilishmoqda”

28 iyul 2019, 08:52
“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte o'rtoqlik uchrashuvida PSJ ustidan (1:1, pen -6:5) qozonilgan g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men judayam baxtliman. Bugungi bahsdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, biz g'alabaga loyiq edik. Natijadan qatiy nazar, biz yaxshi o'ynadik. Rostini aytganda, yigitlarning o'yinida ijobiy o'zgarishlarni ko'rayapman.Ular   to'pni yo'qotishlari bilan raqib jarima maydoni yaqinida ularga bosim uyushtirib, to'pga egalik qilishga intilishmoqda.O'ylashimcha, bu juda yaxshi aspekt. Yigitlar jiddiy ishlashmoqda va bu menga yanada oldinga intilishimga imkon bermoqda.

Xursand bo'lganim, futbolchilarim so'nggi soniyalargacha hujumkorlikni susaytirishmadi va yakunda gol urib, penaltilar seriyasida g'alabaga erishdik. Biz doim o'yin oxirigacha hujumkorlikni susaytirmasligimiz kerak”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia