Antonio Konte: "Manchester Siti"ni to'xtatib bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
13 dek 2017
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Siti" so'zsiz Angliya chempionatining favoriti ekanligini tan oldi.

16 o'yindan so'ng "shaharliklar" "Manchester Yunayted" va "Chelsi"ni 11 ochkodan ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Biz chempionatda yaxshi joyda ketayapmiz, lekin ayni paytda to'xtatib bo'lmaydigan jamoa bor.

"Biz chempionatda yaxshi joyda ketayapmiz, lekin ayni paytda to'xtatib bo'lmaydigan jamoa bor. Aks holda, biz "Yunayted", "Arsenal", "Tottenxem" va "Liverpul" bilan bosh sovrin uchun kurashgan bo'lardik.

Bu biz ularni taqib etishdan bosh tortishimizni bildirmaydi. Lekin, biz chempionatning har bir o'yinida g'alaba qozonishimiz va yetakchining jiddiy qoqilishini kutishimizga to'g'ri keladi", - dedi Konte.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelsea-fc.ru