Antonio Konte Italiya terma jamoasida ishlashga rozi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2014, 22:00
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, Italiya futbol Federatsiyasi rahbari Karlo Tavekko ishga kirishib ketdi.
Tavekko "Yuventus" sobiq ustozi Antonio Konte bilan kelishuvga erishdi. Murabbiy Italiya terma jamoasini qabul qilib olishga tayyorligini ma'lum qildi.

Oldinroq Konte ushbu lavozimda ishlashni istamayotganini ma'lum qilgandi. Taxminiy kelishuv Evro-2016 oxirigacha kuchda bo'ladi. Konte faqat milliy emas yoshlar jamoalariga ham javob beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net