Antonio Konte: Galatasaroy bilan durangdan xafamiz

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013
Yuventus ustozi Antonio Konte YCHL 2-turidan o'rin olgan Galatasaroyga qarshi o'yindan (2:2) so'ng natijadan qoniqmaganini aytib o'tdi.
Natijadan qoniqmadik, sababi kutilmagan golga ikki gol bilan javob bergandik, ammo uchrashuv so'nggida yana gol o'tkazib yubordik. 87-daqiqada hisobda oldinga chiqib olgach yana gol o'tkazib yuborib ochko yo'qotish alamli.

Futbolchilar butun o'yin davomida diqqat-e'tiborni saqlab qolishlari lozim. Endi pley-offga chiqish uchun bizni og'ir kurash kutib turibdi. Ushbu maqsadga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

Agar yaxshi o'ynasak Yuventus pley-offga chiqadi, agar chiqa olmasak, demak bizdan kuchlilar guruhdan chiqadi, – deydi Konte.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sportsr.u