Antonio Konte bugunning o'zida "Tottenxem" bilan mashg'ulotlar o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
2 noya 2021
Bugun "Tottenxem" bosh murabbiylikka Antonio Konteni tayinlagandi.

Murabbiy shu kunning o'zida jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazishga ham ulgurdi.

Eslatib o'tamiz, London klubi italiyalik bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.  "Shporlar" esa Angliya chempionati turnir jadvalida 10 turda 15 ochko jamg'argan holda, 8-o'rinda borishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Getty Images