Antonio Konte Batshuayini ijaraga bermoqchi emas

Tolibjon Qosimov
27 dek 2016, 20:25
Chelsi bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Mishi Batshuayini jamoadan ketkazish niyati yo'qligini aytib o'tdi.

"Yo'q, yo'q va yana yo'q. Yana takrorlayman, u "Chelsi" uchun yangi futbolchi va uning ijaraga ketishi klub uchun ham, men uchun ham mag'lubiyatga teng bo'ladi. Mishini yaxshi futbolchi deb hisoblayman. U hali yosh va ligaga ko'nikib olishi kerak.

Mishi kelajakda albatta o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Biz u bilan ishlashda davom etishimiz lozim", - deydi italiyalik murabbiy.


Eslatib o'tamiz, avvalroq Batshuayining "Vest Xem"ga ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Angliya futboli haqida yangiliklar TVITTYERDA - https://twitter.com/Uz_APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: chelseanews.ru