Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshexir" mehmonda yirik g'alabaga erishdi, Shomurodovdan dubl!

Alisher Ostonov
26 okt 2025
Turkiya Superligasi 10-tur doirasidagi "Antalyaspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa jarohat sabab bahsda ishtirok etmaydi.

Bahsda istanbulliklar 4:0 hisobida zafar quchishdi. E'tiborlisi, hamyurtimi Eldor Shomurodov 22 va 88-daqiqadalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, dubl qayd etdi. Hamyurtimiz Turkiya Superligasi to'purarlar poygasida 5 gol bilan ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Shuningdek, mezbonlar Dogukan Sinik 43-daqiqada chetlatilishidan so'ng bir kishi kam bo'lib qolganini ham qayd etish lozim.


26 okt 2025, 16:30
Antalyaspor — İstanbul Başakşehir
0 – 4
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia