Anri Fransiya yoshlar terma jamoasi bilan shartnomasini bekor qildi

Sherzod Nurmatov
19 avg 2024, 19:49
Fransiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Terri Anri lavozimini tark etadi.

Mutaxassis shaxsiy sabablarga ko'ra 2025 yilning iyuniga qadar amalda bo'lgan shartnomani bekor qilishga qaror qildi.

Anri terma jamoani 2023 yilning avgustidan buyon boshqarib kelmoqda. Bu yozda u Parij turnirida kumush medallarni qo'lga kiritgan Fransiya olimpiya terma jamoasini ham boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fff.fr