Anri 10 o'yindan beri yuta olmayotgan top-jamoa bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 okt 2018, 18:25
"Monako"da bosh murabbiy o'zgarishi mumkin.

Hozirda muammolar girdobiga tushib qolgan monegasklar ustozi Leonardo Jardimning "kursisi qimirlab qolgan". U FIFA kunlarida iste'foga chiqishi katta ehtimol bo'lib turibdi.

Hozirda uning o'rniga nomzod sifatida "Arsenal"ning afsonaviy futbolchisi, hozirda Belgiya termasida yordamchi murabbiy Terri Anri keltirilmoqda. Yaqin kunlarda uning tayinlovi amalga oshishi mumkin.

Ma'lumot uchun, "Monako" so'nggi marta 11 avgustda g'alaba qozondi. Shundan keyingi 10 uchrashuvda 3 durang qayd etgan Jardim shogirdlari 7 marta mag'lubiyatga uchradi. Jamoa turnir jadvalida hozirda 6 ochko bilan 18-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MHChehade