Angliya yoshlar terma jamoasi posboni "Everton"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2017, 13:45
"Sanderlend" darvozaboni Jordan Pikford "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi.

Ikki klub vakillari Angliya yoshlar terma jamoasining 23 yoshli darvozaboni borasida 30 mln. funtlik kelishuvga erishishdi.

Pikford Polshada bo'lib o'tadigan U21 Yevropa chempionatida ishtirok etadi. Turnir yakunlanganidan so'ng tibbiy ko'rikdan o'tish uchun "Everton" safiga yo'l oladi.

So'nggi mavsum Pikford Premer-liganing 29 ta uchrashuvida 50 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph