Angliya xatolik tufayli Evro-2016 tarkibini e'lon qilib yubordi

Narzulla Saydullayev
10 may 2016, 07:55
Angliya futbol Assotsiatsiyasii (FA) Yevropa chempionatiga boradigan futbolchilar ro'yxatini muddatdan avval e'lon qilib yubordi.

Yakuniy tarkibdan 23 nafar o'rin olgan:

Darvozabonlar - Jo Xart ("Manchester Siti"), Tom Xiton ("Bernli"), Freyzer Foster ("Sautgempton");

Himoyachilar - Rayan Bertrand ("Sautgempton"), Geri Keyxill ("Chelsi"), Nataniel Klayn ("Liverpul"), Fil Yagelka ("Everton"), Lyuk Shou ("Manchester Yunayted"), Kris Smolling ("Manchester Yunayted"), Jon Stounz ("Everton");

Yarim himoyachilar - Dele Alli ("Tottenxem"), Ross Barkli ("Everton"), Erik Dayer ("Tottenxem"), Denni Drinkuoter ("Lester"), Jordan Xenderson ("Liverpul"), Adam Lallana ("Liverpul"), Jeyms Milner ("Liverpul"), Rahim Sterling ("Manchester Siti"), Jek Uilshir ("Arsenal");

Hujumchilar - Garri Keyn ("Tottenxem"), Ueyn Runi ("Manchester Yunayted"), Daniel Starridj ("Liverpul"), Jeymi Vardi ("Lester").

Keyinroq Angliyaning yakuniy tarkibi o'chirib yuborildi. Rasmiy va yakuniy tarkib payshanba kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com