

Inglizlar “Uembli” stadionidagi yubiley 300-o'yinida maydonga tushishdi. “Uch sherlar” ularning 187 tasida g'alaba qozongan bo'lsa, 73 bor durang o'ynab, 39 marta mag'lubiyatni qabul qilishgan.
Qayd etish joizki, Angliya termasi Jahon va Yevropa chempionatlari doirasidagi uchrashuvlarda “Uembli”da hali yutqazmagan – 9 g'alaba, 5 durang.



