Angliya termasi Evro-2020 oldidan ikkita o'rtoqlik bahsini o'tkazadi

Mirjalol Normatov
3 dek 2019, 21:26
Angliya terma jamoasi kelasi yili Yevropaning bir qancha davlatlarida bo'lib o'tadigan Evro-2020 turniridan oldin ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadigan bo'ldi.

2 iyun kuni Garet Sautgeyt shogirdlari Venada Avstriya termasi mehmoni bo'lishadi. Oradan 5 kun o'tib, yani, 7 iyun kuni Ruminiyaga qarshi bahs o'tkaziladi. Ikkinchi o'yinning qayerda o'tishi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Angliya termasi Evro-2020ning D guruhida Xorvatiya va Chexiya termalari bilan bahs olib boradi. Yana bir terma nomi saralashning so'nggi bosqichidan keyin ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com