Angliya terma jamoasining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisiga sovrin topshirildi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 14:45
"Liverpul" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Adam Lallana milliy jamoaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz beruvchilarning 39% "Liverpul" pleymeykerini tanladi. U Jeymi Vardi (12%) va Ueyn Runilarni (8%) ortda qoldirdi.

"Bu sovrinni qo'lga kiritish men uchun sharaf. Joriy mavsumda ishlar yaxshi amalga oshdi. Siz klubda yaxshi o'ynasangiz, bu terma jamoaga ham ta’sir qiladi. Milliy jamoaga yordam berish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - deydi Lallana.

Ueyn Runi so'nggi uch yilda 2 marotaba (2014,2015) ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.

Angliya yoshlar terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi sovrini "Sautgempton" yarim himoyachisi Natan Redmondga nasib etdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FA