Angliya terma jamoasi ustozi emlanmagan futbolchilarni JCH-2022 ga olib bormoqchi emas

Sherzod Nurmatov
16 iyul 2022, 19:05
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt emlanmagan futbolchilarni Qatardagi Jahon chempionatiga olib ketmasligi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, murabbiy haqiqatan ham shunday variantni ko'rib chiqmoqda.

Bu Qatarning koronavirus tufayli o'rnatgan qoidalari bois amalga oshirilmoqda. Aks holda, har bir emlanmagan Angliya terma jamoasi a'zosi Qatarga kelganidan keyin besh kun davomida o'zini izolyaciya qilishi talab qilinadi, yani ular Eronga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishlariga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, Qatardagi Jahon chempionati 21 noyabr kuni boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail