

Ertaga esa Angliya Premer-ligasining bu futbol yilidagi so'nggi o'yinlari o'tkaziladi. Xo'sh, joriy mavsum ingliz klublari teletranslyatsiyalardan qancha daromad topishdi?
Ma'lumotlarga ko'ra, jonli efirda ko'rsatilgan o'yinlar klublarga ko'proq foyda keltiradi. Masalan, "Manchester Yunayted" bu mavsum to'g'ridan-to'g'ri efirdagi o'yinlari uchun 32,9 mln. funt ishlab oldi. Translyatsiyalar jonli efirdagi o'yinlari soni, turnir jadvalidagi o'rni bo'yicha taqsimlanadi. Bundan tashqari, APL bir mavsumida ishtirok etgan har bir jamoa 79.15 mln. funtdan daromadga ega bo'ladi.
Shunday qilib, Angliya Premer-ligasi klublari joriy mavsum teletranslyatsiyalardan qancha foyda ko'rishdi? (mln. funt)
1. "Manchester Yunayted" - 148.91
2. "Manchester Siti" - 147.43
3. "Liverpul" - 143.89
4. "Tottenxem" - 143.55
5. "Arsenal" - 141.15
6. "Chelsi" - 139.67
7. "Everton" - 127.01
8. "Nyukasl" - 120.85
9. "Byornli" - 118.69
10. "Lester Siti" - 117.09
11. "Kristal Pelas" - 113.21
12. "Vest Xem" - 111.15
13. "Bornmut" - 110.13
14. "Brayton" - 107.39
15. "Uotford" - 107.05
16. "Sautgempton" - 104.99
17. "Xaddersfild" - 97.35
18. "Suonsi Siti" - 97.35
19. "Stok Siti" - 95.75
20. "Vest Bromvich" - 95.41



