

Jurnalist Pedro Martinning xabar berishicha, “uch sherlar” mundialdagi umumiy gollari sonini 100 taga etkazdi. Inglizlar bunday natijaga erishgan musobaqa tarixidagi 7-terma jamoaga aylandi. Avvalroq, yuzlik dovondan Braziliya, Germaniya, Italiya. Argentina, Fransiya va Ispaniya o'tgandi.
Angliya TJ 100 ta to'p kiritishi uchun 72 ta o'yin sarfladi. JCHdagi debyut gol esa 1950 yil Chiliga qarshi bahsga to'g'ri keladi.


