Angliya. "Liverpul" va "Siti" o'rtasidagi zerikarli o'yinda hisob ochilmadi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2018, 22:33
APL 8-turidan o'rin olgan markaziy o'yin bo'lib o'tdi.

Dastlabki 7ta turda bir xil 6 g'alaba va 1 durang qayd etgan jamoalar o'rtasidagi bahs barcha kutganichalik shiddatli bo'lmadi. Tomonlar ehtiyotkor o'yin ko'rsatishdi. So'nggi daqiqalarda mehmonlar g'alaba qozonishlari mumkin edi. Biroq belgilangan penaltini Riyad Maxrez darvoza yuqorisiga qarab tepdi. Shu tariqa markaziy o'yinda hisob ochilmadi.


Angliya chempionati. Musobaqa jadvali

8-tur

Liverpul – Manchester Siti 0:0
7 oktyabr, 20.30, Enfild
Amalga oshirilmagan penalti
: Maxrez 87 (noaniq)
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Keyta, 29), Xenderson, Veynaldum, Mane, Salax, Firmino (Starridj, 72).
Manchester Siti –    Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez, Bernardu Silva, Sterling (Sane, 76), Aguero (Gabriel Jezus, 66).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (21), Aguero (56), Mendi (64), Veynaldum (90).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia