Angliya Liga kubogi. “MYU” va “Lester” keyingi bosqichga yo'l oldi

25 okt 2017, 02:02
Angliya liga kubogi 4-bosqichida “Manchester Yunayted” safarda “Suonsi”ni mag'lub etdi.

Jessi Lingardning 21- va 59-daqiqalarda kiritgan goli manikunianliklarga muhim g'alaba keltirdi.

Shuningdek ushbu bosqichda “Lester”ham o'z maydonida “Lids Yunayted”dan ustun (3:1) kelib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Angliya Liga kubogi.

4-bosqich.

Suonsi Siti -Manchester Yunayted 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Lingard, 0:2 – 59 Lingard.

Suonsi – Nordfeldt, Mouson, van der Xorn, Ranxel, Olsson (Noton, 39), Mesa (Fer, 67), Rautledj, Klukas, Ki Son En, Ayyu, Makberni (Abraxam, 72).

Manchester Yunayted –Romero, Blind, Smolling, Lindelef, Tuanzebe, Maktomini, Lingard, Errera (Matich, 67), Darmian, Reshford (Lukaku, 67), Marsyal (Shou, 87).

Ogohlantirish: Ranxel (38), Klukas (56), Ki Son En (70), Tuanzebe (75), Blind (79).


Lester Siti - Lids Yunayted 3:1

Gollar: 0:1 – Ernandes – 26, 1:1 – Ixeanacho – 30, 2:1 – Slimani – 71, 3:1 – Marez – 88


Bristol Siti - Kristal Pelas 4:1

Gollar: 0:1 – Sako – 21, 1:1 – Teylor – 34, 2:1 – Djurich – 39, 3:1 – Brayan – 60, 4:1 – O'Douda – 66


Bornmut –Midlsbro 3:1

Gollar: 1:0 – Simpson – 49, 1:1 – Taverner – 56, 2:1 – Uilson – 75 (pen), 3:1 – Afobe – 83


O'xshash yangiliklar