Angliya liga kubogi. Manchester Siti, Everton va Stok Siti yarim finalda
Narzulla Saydullayev
2 dek 2015, 08:29
Angliya liga kubogining 3ta yarim finalchilari ma'lum bo'ldi.
1/2 finalga Manchester Siti, Everton va Stok Siti klublari yo'l olishdi. So'nggi yarim finalchi bugun bo'lib o'tadigan Sautgempton – Liverpul uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. Yarim finalga qur'a tashlash marosimi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadi.