Angliya Liga Kubogi 1/2 final uchrashuvlariga qur'a tashlandi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025, 12:24
Chorshanba kuni kechqurun Liga Kubogi yarim final juftliklariga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Amaldagi sovrin sohibi "Nyukasl" "Manchester Siti"ga to'g'ri keldi, "Arsenal" va "Kristal Pelas" o'rtasidagi chorak final qarama-qarshiligi g'olibi esa "Chelsi" bilan to'qnash keladi.

Ananaga ko'ra, har bir yarim final ikki o'yindan iborat bo'ladi. Ilk uchrashuvlar 2026 yil 12 yanvarda, javob bahslari esa 2026 yil 2 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Liga Kubogi finali 22 mart kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi.

Liga Kubogi 1/2 final qur'asi:

"Chelsi" – "Arsenal"/"Kristal Pelas"

"Nyukasl" – "Manchester Siti"

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: efl.com