Angliya kubogi. 1/8 final. "Manchester Siti" "Chelsi"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2014
Angliya kubogi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti" - "Chelsi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Stefan Yovetich hisobni ochdi - 1:0.

67-daqiqada Samir Nasri mehmonlar darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi - 2:0. O'yinda boshqa gol urilmadi va "Siti" Angliya kubogi chorak finaliga yo'l oldi.

Manchester Siti – Chelsi 2:0
15 fevral, 22.15, Etixad Stedium
Gollar:
1:0 – 16 Yovetich,  2:0 – 67 Nasri.
Manchester Siti – Pantilimon, Sabaleta, Kompani, Leskott, Klishi, Yaya Ture, Xavi Garsiya, Silva (Navas, 69), Milner, Yovetich (Nasri, 61), Djeko (Negredo, 80).
Chelsi – Chex, Ivanovich, David Luiz, Keyxill, Aspilikueta, Villian (Oskar, 71), Ramires (Torres, 61), Obi Mikel, Matich, E. Azar, Eto′O (Salax, 46).
Ogohlantirishlar: Kompani (39), David Luiz (44), Yovetich (57), Yaya Ture (62), Xavi Garsiya (84), Matich (89).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia