Angliya - Gana. Tarkiblar ma'lum

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2026, 23:45
Birozdan so'ng futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati "L" guruhi 2-turi doirasida Angliya va Gana terma jamoalari o'rtasida o'yin bo'lib o'tadi.

Uchrashuv Foksboro shahridagi (AQSH) "Jillett" stadionida o'tkaziladi. Bosh hakam sifatida Said Martines (Tokoa, Gonduras) ishlaydi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

Angliya: Pikford, Konsa, Gexi, Jeyms, Spens, Rays, Anderson, Bellingem, Keyn, Gordon, Madueke.

Gana: Asare, Adjeti, Mensa, Opoku, Senaya, Yirenki, Parti, Sibo, Semeno, Ayyu, Uilyams.

3-turda Angliya terma jamoasi Panama bilan (28 iyun), Gana esa Xorvatiya bilan (28 iyun) to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia