Angliya. 10-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2014, 12:34
Angliya Premer-ligasining 10-turida Manchester derbisi bo'lib o'tadi. Quyida ushbu tur prevyusi bilan tanishing.
10-tur juftliklari
01.11 17:45 "Nyukasl" - "Liverpul"
01.11 20:00 "Arsenal" - "Bernli"
01.11 20:00 "Stok Siti" - "Vest Xem"
01.11 20:00 "Lester" - "Vest Bromvich"
01.11 20:00 "Xall Siti" - "Sautgempton"
01.11 20:00 "Everton" - "Suonsi"
01.11 20:00 "Chelsi" - KPR
02.11 18:30 "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted"
02.11 21:00 "Aston Villa" - "Tottenxem"
04.11 01:00 "Kristal Pelas" - "Sanderlend"




Turning markaziy o'yini

"Manchester Siti" - "Manchester Yunayted"
Yakshanba, “Ettixad” stadioni, 18:30, hakam: Maykl Oliver
Jarohat olganlar
: Lempard, David Silva – Falkao, Eshli Yang, Fil Jons, Lingard, Makneyr.

Yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30da Manchester shahridagi “Ettixad” stadionida gigantlar to'qnashuvi bo'lib o'tadi. To'g'ri o'tgan mavsumda MYU mavsumni juda yomon o'tkazib xatto evrokuboklarga yo'llanma ola bilmadi. Lekin hech kim “qizil iblislar” bu o'yinda yaqqol autsayder bo'ladi deb ayta olmaydi. Buni Lui Van Gaal shogirdlari o'tgan turda peshqadam “Chelsi”ga qarshi bahsda namoyish etib qo'yishdi. So'nggi soniyalarga qadar kurashish hamon ushbu klub futbolchilarini tark etmaganini “Old Trafford”da Van Persi gol urgan vaqtda ko'rdik. MYU APLdagi oxirgi to'rt o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazdi. “Vest Xem” va “Everton” mag'lub etildi, “Vest Bromvich” va “Chelsi” bilan durang o'ynadi. Uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingan jamoa sardori Ueyn Runi Manchester derbisida maydonga tusha oladi. Biroq kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao jarohati tufayli bahsni o'tkazib yuboradi.



So'nggi paytlarda “Manchester Siti”ning ishlari yurishayotgani yo'q. Pellegrini shogirdlari barcha musobaqalarni hisobga olsak so'nggi uchta bahsni yuta olishmadi. YCHL doirasida SSKA bilan 2:2 hisobida durang o'ynaldi. APLning o'tgan turida “Vest Xem”ga yutqazib qo'ygan “Siti” Angliya liga kubogi doirasida “Nyukasl”ga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etdi. Shu bois jamoa o'z muxlislari qarshisida azaliy raqibiga qarshi bahsda faqat g'alaba qozonishni istaydi. O'tgan turda “Vest Xem” darvozasiiga gol urgan David Silva va sentyabr oyida klub muxlislari tomonidan oy futbolchisi deb topilgan Frenk Lempard MYUga qarshi o'ynay olmaydi.


“Nyukasl” – “Liverpul”
Shanba, "Sent-Jeyms Park" stadioni, 17:45, hakam: Andre Marriner
Jarohat olganlar:
Tiote, Santon, De Yong – Enrike, Saxo, Starrij, Flanagan, Suso
So'roq ostida: Sisse, Uillyamson (“Nyukasl”)



“Nyukasl” “Lester” bilan o'yinda u qadar yaxshi o'ynay olmadi, “Tottenxem”ga qarshi birinchi taymni umuman boy berdi. Ammo Angliya liga kubogi doirasida “Man Siti”ni mag'lub etib ruhiy holatini yaxshilab oldi. Klub muxlislari hamon bosh murabbiy Alan Pardyuni iste'foga chiqarishni talab qilishmoqda, bugun u qalin do'sti Brendan Rojersga qarshi kurash olib boradi. Brendan “Reding” o'smirlar jamoasida ishlagan vaqtda, Alan jamoa bosh murabbiyi edi. “Liverpul” ustozi ushbu o'yinni tarixiy deb atadi. “Qizillar” Liga Kubogida qiynalib keyingi bosqichga chiqishdi, hamon jamoaning o'yinida o'tgan yilgi tezlik yo'q. “Liverpul”ga gollar kerak, navbatdagi bor barcha e'tibor Mario Balotelliga qaratiladi. “Super Mario” hozircha ushbu klub safida APLda umuman gol ura olgani yo'q.

“Xall” – “Sautgempton”
Shanba, “KS Stedium” stadioni, 20:00, hakam: Martin Atkinson
Jarohat olganlar
: Douson, Xarper, Yelavich, Makgregor, Snodgrass – Rodriges, Uord-Praus, Gallaxer
So'roq ostida: Mane (Sautgempton)
Yo'qotishlar: Ramires (“Xall”) ijara tufayli

“Everton – Suonsi”
Shanba, “Gudison Park” stadioni, 20:00, hakam: Kevin Frend
Jarohat olganlar
: Ovedo, Miralyas, Kone – Amata, Tendalli, Britton, Donnelli, Richards
So'roq ostida: Gibson – Ki, Sigurdsson

“Stok” – “Vest Xem”
Shanba, “Britannia Stedium” stadioni, 20:00, hakam: Kris Foy
Jarohat olganlar:
Uilan, Xut, Odemvingi – Kerroll, Demel, Sarate
So'roq ostida: Munesa – Sako
Diskvalificikaciya qilingan: Bardsli, Krauch (ikkisi – “Stok”)

“Lester” – “Vest Brom”
Shanba, “King Power” stadioni, 20:00, hakam: Styuart Atvell
Jarohat olganlar:
Xammer, Apson – Varela, Olsson
So'roq ostida: Morgan (“Lester”)

“Arsenal” – “Bernli”
Shanba, “Emireyts” stadioni, 20:00, hakam: Kreyg Pauson
Jarohat olganlar
: Uilshir, Diabi, Koselni, Jiru, Debyushi, Ozil, Ospina – Rid, Teylor, Vouks
So'roq ostida: Gnabri, Gibbz, Sanogo (barchasi – “Arsenal”)

“Arsenal” mavsumdagi uchinchi g'alabasini “Sanderlend”ga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi. Arsen Venger shogirdlari bu mavsumda eng kuchsiz jamoa hisoblangan “Bernli”ga qarshi o'ynashadi. Dastlabki 9ta turda jamoa 5tagina gol urdi va umuman yuta olishmadi. Klubga Ingz-Vouks tandemi (ikkichisi zaxirada qolmoqda) yetishmayotgandek ko'rinmoqda. “Arsenal” so'nggi paytlarda u qadar kuchli ko'rinmayapti. Masalan, “Xall”ga qarshi bahsda o'z uyida qiyinchilik bilan durang qayd etdi. “Kanonirlar” safida jarohat olgan futbolchilar soni o'nga yaqin. Bu klub uchun odatiy holga aylanib qolgan desak mubolag'a bo'lmaydi.



“Chelsi” – KPR
Shanba, “Stamford Brij”, 20:00, hakam: Mayk Jons
Jarohat olganlar:
Mikel, Remi – Barton, Match, Onuoxa, Forlin
So'roq ostida: Ramires – Makkarti, Taarabt
Diskvalifikaciya qilinganlar: Aspilikueta – Ferdinand

“Chelsi” va KPR o'rtasidagi derbi o'ziga xos tarixga ega. Masalan, 2012 yil Xarri Rednapp shogirdlari “Stamford Brij”da g'alaba qozonishgandi. O'shanda sensacion natija yakunda KPRni ligada qolishi uchun xizmat qilgandi. KPR himoyachisi Rio Ferdinand Tvittyerdagi yozganlari uchun uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingani haqida ko'p gapirildi. Agar Joze Mourinyo shogirdlaridan biri shunday holatga tushganida qanday vaziyat yuzaga kelardi, bu qiziq. “Chelsi” Manchester klublaridan tashqari barchani osonlik bilan mag'lub etmoqda Diego Kosta esa ikki haftalik tanaffusdan so'ng safga qaytdi.



“Aston Villa” - “Tottenxem”
Yakshanba, “Villa Park” stadioni, 21:00, hakam: Nil Svorbrik
Jarohat olganlar:
Xatton, Senderos, Delf, Kozak – Bentaleb, Uoker
So'roq ostida: Beyker, Vaymann – Lennon, Kapu

“Kristal Pelas” – “Sanderlend”
Dushanbadan seshanbaga o'tar kechasi, “Selxerst Park” stadioni, 01:00, hakam: Fil Daud
Jarohat olganlar
: Alvares, Djakkerini, Koates, Jons (barchasi – “Sanderlend”)
So'roq ostida: Dann, Makkartur – Fletcher


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Chelsi
972024 - 91523
2Sautgempton961220 - 51519
3Manchester Siti
952219 - 10917
4Vest Xem
951317 - 12516
5Arsenal935115 - 11414
6Suonsi942313 - 10314
7Liverpul942313 - 12114
8Manchester Yunayted
934216 - 13313
9Everton933319 - 17212
10Xall Siti
925213 - 13011
11Tottenxem932411 - 13-211
12Stok Siti
93248 - 10-211
13Vest Bromvich
924312 - 13-110
14Nyukasl924310 - 15-510
15Aston Villa
93154 - 14-1010
16Kristal Pelas
923413 - 16-39
17Lester Siti
923411 - 15-49
18Sanderlend91538 - 17-98
19KPR92168 - 18-107
20Bernli90455 - 16-114



#O'yinchiJamoaGollar
1Diego Kosta
Chelsi9
2Serxio Aguero
Manchester Siti
9
3Saido Beraxino
Vest Bromvich
7
4Graciano Pelle
Sautgempton6
5Diafra Saxo
Vest Xem
6
 
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia