Anelka: "Pogba PSJga o'tishi kerak"

Alisher
25 fev 2022
Madridning "Real" klubi sobiq hujumchisi Nikolya Anelka "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqiga gapirdi.

"Afsuski, u "Manchester Yunayted"ga qaytganida, ular kuchli jamoa emas edilar. Manchesterliklar qayta qurishga ehtiyoj sezishmoqda, o'z uslublari va murabbiylarini izlashmoqda. Qaytganidan so'ng unga juda ham qiyin. Uni ko'p tanqid qilishmoqda.

Bu Polga mos klub emas, u PSJga o'tishi kerak. Ha, ko'plar menga Pogbaning tez jarohat olishini aytishi mumkin, ammo bu birinchi navbatdagi Manchesterdagi hayot bilan bog'liq deb o'ylayman.

Men bu masalani 6 oy oldin Pogba bilan muhokama qilgandim va u PSJga o'tishga qarshi emas edi", - deydi Anelka.


AlisherMuallif
Manba: Get French Football News