Anelka: "Mane va Salohning asosiy yutug'i - Firmino"

Mirjalol Normatov
22 iyul 2020, 00:55
Fransiya termasi sobiq futbolchisi Nikolya Anelka "Liverpul"ning hujumkor triosi haqida gapirdi.

"Firmino, Mane va Saloh - ajoyib trio, ularning o'yinlaridan zavq olaman. Ularning orasida Firmino ajralib turadi. Mane va Salohning asosiy yutug'i - Firmino. Ayni damda Saloh va Mane dunyoning eng kuchli 5 hujumchilaridan biri qatoriga kiradi, shu boisdan unday futbolchilar "Real"da o'ynay olishi mumkin. Lekin ayni damda "Liverpul" ushbu klubdan ortda qolmayapti va shu boisdan jamoa safini tark etishdan mano yo'q.

Klopp? U - daho! Uning ishi va transferlari menga yoqadi. "Liverpul" yana bir necha yillar davomida raqobatbardosh jamoa bo'ladi. Yurgen jamoani top-holatiga qaytardi", - dedi Nikolya.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com