Anelka Fransiya klubi sport direktoriga aylandi

Eldor Akmurzayev
3 fev 2021, 21:02
Sobiq hujumchi Nikolya Anelka Fransiya 4-divizioni vakili FK “Yer” sport direktori etib tayinlandi.

Mazkur jamoa chempionat 9 turidan keyin 13 ochko to'plagan holda 7-o'rinda bormoqda.

41 yoshli Anelka o'z vaqtida PSJ, "Real", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Fenerbaxche", "Bolton", "Chelsi", "Shanxay Shenxua", "Yuventus", "Vest Bromvich" va "Mumbai Siti" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 

U 2015 yil butsalarini mixga ilgandi. Keyin esa "Shanxay Shenxua" hamda "Mumbai Siti"da o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Anelka “Lill” yoshlar jamoasini ham boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/hyeresfc