Anelka 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

“Vest Bromvich” hujumchisi Nikolya Anelka 28 dekabr kuni “Vest Xem” qarshi o'yinda “knel” imo-ishorasi uchun beshta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Bundan tashqari o'yinchiga 80 ming funt miqdorida jarima ham solingan.

Knel imo-ishorasi francuz komik aktyori Dedonne Mbala Mbala tomonidan 2005-yili o'ylab topilgan. Aktyorning fikricha, bu imo-ishora “hukumronlik qilayotgan toifa”ga qarshi qaratilgan, ammo yahudiy va antirasist tashkilotlari buni nacistlarning g'oyasi deb tushunib, antisemitizmdek talqin qiladilar.


Manba: football.kulichki.net