Andrey Shipilov: "Endi asosiy e'tiborni AGMK bilan o'yinga qaratamiz"

Narzulla Saydullayev
12 avg 2018, 22:58
"Metallurg" – "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugun har ikkala jamoa ham ochko qo'lga kiritish maqsadida maydonga chiqqan edi. Bizning jamoamiz ikkita ajoyib gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, Zohid Abdullaevning kiritgan goli juda chiroyli chiqdi, nazarimda. Eng muhimi – 3 ochko qo'lga kiritildi. Endi asosiy e'tiborni kelasi tur o'yiniga qaratamiz. Zero tez orada jamoalar musobaqa jadvalidagi o'rniga qarab saralanadi. Shu sababdan keyingi bahsga ham jiddiy tayyorlanmasak bo'lmaydi, - dedi mutaxassis.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz