Andrey Shipilov: "Bugun qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni taxminan bilar edik"

Narzulla Saydullayev
3 okt 2018, 23:41
Superliga 25-turi doirasidagi "Metallurg" – "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi.

- Bugun qanday raqibga qarshi maydonga tushishimizni taxminan bilar edik. “Paxtakor” – hozirgi chempionat lideri. Taxminan 45 daqiqa yaxshi harakat qildik. Lekin keyin bir nechta yetakchi futbolchilarimiz xatolarga yo'l qo'yishdi. Endi o'sha xatolarni bartaraf etishga urinamiz. Hali oldinda bir qator uchrashuvlar mavjud. Ko'proq ochko jamg'arib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi murabbiy.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz