Andrey Shevchenko Ukraina klubini boshqarishi mumkin

Alisher
19 yanv 2022
"Jenoa"dan yaqindagina ketgan Andrey Shevchenko faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Ukrainalikning xizmatlariga ayni damda bosh murabbiyi Mircha Lucheskuga ega Kievning "Dinamo" klubi qiziqish bildirmoqda.

76 yoshli ruminiyalikning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Shevchenko yaqinda muvaffaqiyatsiz natijalar sabab "Jenoa"dan iste'foga chiqarildi.


AlisherMuallif
Manba: TATOTake