Andrey Miklyaev: "Biz mahorat bobida "Dinamo"dan ustunlik qildik"

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2017, 07:47
Bugun Oliy Liga 14-turi doirasida “Lokomotiv” “Dinamo”ga qarshi bahs yuritib, 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- O'yin oson kechmadi. Raqib jamoa ham bugun bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Ayqnisa, raqib safida Abdumalik Abdullaev himoyachilarimizni ancha shoshirib qo'ydi. Lekin yakunda biz mahorat bobida ustunlik qildik va g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik.

Bugun jarohat sababli bir nechta yetakchi futbolchilarimiz jamoaga yordam bera olishmadi. Umid qilamanki, ular tez orada safga qaytib, yana maydonga tusha boshlashadi, - deydi tajribali mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz