Andrey Kanchelskis: "Yigitlar iroda ko'rsata olishdi"

Narzulla Saydullayev
25 noya 2018, 19:04
“Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o'tdi.

- Bugun ajoyib o'yin guvohiga aylandik. O'ylashimcha, muxlislarga manzur bo'ladigan o'yin bo'ldi. Bugun g'alaba qozongan bo'lsak-da, bir qator yuzaga kelgan qulay imkoniyatlardan foydalana olmagananimizga ko'nglim to'lmadi.

Lekin bugun yigitlar o'zlaridagi g'alabaga bo'lgan ishonch, xohish va irodani ko'rsata olishdi. Hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, ularni yaxshilashda davom etamiz. Bugun bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz