Andres Inesta Valverde haqida gapirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
28 sen 2017, 21:46
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta Ernesto Valverde qo'lostidagi ish haqida taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.


"Ernesto so'ragan hamma narsani bajarishga harakat qilayapmiz. Uning ish uslubini tushunishga urinyapmiz va ishlar zo'r ketayapti.

Qattiq ishlash va ishonchga ega bo'lish muhim. Ana o'shanda jamoa o'sadi", - dedi ispaniyalik.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" kecha tunda YCHL 2-turida "Sporting" (1:0)ni mag'lub etdi. Valverde boshchiligidagi kataloniyaliklar hozircha La Ligada ham, YCHLda ham ochko yo'qotishmadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-espana.net