Andrey Akopyanc "Neftchi"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2014, 14:28
Tajribali futbolchi aftidan farg'onaliklar bilan aloqani uzgan ko'rinadi.
Akopyanc yodingizda bo'lsa, mavsumni dastlab "Buxoro"da boshlagandi. Keyin esa davralar oralig'ida "Neftchi"ga o'tdi.

Aytish lozimki, Andrey yangi jamoasida o'zini to'liq ko'rsata olmadi. Natijada u ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi. Vaholanki Murod Ismoilovning undan umidi katta edi. 37 yoshli futbolchi "Neftchi"da 6ta o'yinda maydonga tushib, jami 230 daqiqa haraqat qildi xolos. Bu esa har ikki tomonni ham qoniqtirmagan deya aytilmoqda. 

Narzulla SaydullayevMuallif