Andreev: "Saudiya Arabistoni - qishloqilar termasi"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018, 10:47
Sobiq Ittifoq termasi sobiq hujumchisi Sergey Andeev jurnalistlarga Rossiya termasiga baho berish ertaligini aytdi.

- Jahon chempionati guruh bosqichidan chiqa olishimizga ishonasizmi?
- Shoshilmang. Natijaga e'tibor bermang. Saudiya Arabistoni - qishloqilar termasi. Ular Misr yoki Urugvay bilan teng saviyali terma deb o'ylaysizmi? Bu termalar ham Saudiyani yanchib tashlaydi. Asosiy masala 2-turda hal bo'ladi. Rossiya - Misr bahsini kuting. Yigitlarning o'zi ham Saudiya bilan Misrning orasidagi farqni yaxshi bilishadi. Shu boisdan keyingi uchrashuv uchun qattiq tayyorlanishadi.

- Misrga qarshi o'yinda Smolovning o'rniga Dzyuba tushadimi?
- Bunga shubxa ham qilmayman! Ko'pchilik g'olib tarkib keyingi uchrashuvda o'zgarmaydi deb o'ylaydi. O'zgaradi? Hujumchi shunday o'yin ko'rsatsa, zaxiraga o'tiradi. Smolovning foydali ish koefficienti juda past. U nolga teng bo'lgan himoyachilardan ham o'tib keta olmadi. Bu u uchun falokat bo'lishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru