Andrea Pirlo: “Jerrardning yorqin o'yinlari hali oldinda”

Tolibjon Qosimov
27 fev 2014, 11:06
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Andrea Pirlo “Liverpul” sardori Stiven Jerrard haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.

“Jerrard futbolni aql bilan o'ynaydigan o'yinchilardan biri. 30 yoshga to'lganingda o'z o'yiningni ko'rsatish qiyin bo'lib qoladi, ammo Stivi hali ham juda yaxshi formada va klubda bo'lgani singari Angliya terma jamoasi tarkibida ham yuqori darajada o'yin namoyish etib kelyapti. Jerrardning yorqin o'yinlari hali oldinda ekanini aniq ayta olaman”, - Pirloning so'zlarini keltiradi Sky Sports.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net