
"Guyjou Toro"ga qarshi kechgan Xitoy chempionatining so'nggi uchrashuvda mag'lub bo'ldik va Shanxayga qaytishda reysimiz qoldirildi. Shanxayga tonggi soat 4 da yetib keldik. Bu tayyorgarligimizga ta’sir ko'rsatdi.
Ayni damda o'yinlar taqvimi juda zich bo'lsada, g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
2013 yildan beri "Guanjou Evergrand"ni mag'lub eta olmayapmiz. Statistika bizga qarshi, ammo maqsadimiz g'alaba.
Futbolchilarimiz zich taqvimga ko'nikib qolishdi. Tiklanish qiyin bo'lyapti, ammo bundan qutilish uchun hamma yo'llardan foydalanyapmiz. Hammasi joyida" - deydi Villash-Boash.
