


31 yoshli ganalik yaqin orada Dohaga uchib boradi va shartnomaga imzo chekadi.
Ayyu "Al Sadd"ga erkin agent sifatida o'tmoqda. U 2015 yilning iyulidan 2021 yilning mayigacha "Suonsi"da to'p tepdi.
Forvard 2020/21 yilgi mavsumda 47 o'yinda 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Sadd" ustozi "Barselona" hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xavi hisoblanadi. Shuningdek, jamoada Xavining vatandoshi Santi Kasorla o'ynashini aytib o'tish joiz.



