

Bular birinchi bosqichni Termizning “Surxon” jamoasida o'tkazgan Tohir Mahmudov va Ulug'bek Norqobilovdir.
Ko'rikdan o'tish uchun kelgan ushbu futbolchilar haqida shuni aytish mumkinki, Mahmudov 1989 yili, Norqobilov esa 1992 yili tavallud topgan. Ikkala futbolchi ham “Surxon”ning asosiy o'yinchilaridandir.
Termiz jamoasi ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kirita olmaganidan so'ng, bular endi o'zlarini boshqa klubda sinab ko'rishni maqsad qilishgan.



