"Andijon": "So'g'diyona"ga yutqazdik yoxud Maxsitaliev va Kablash kelishdi

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2014, 09:31
Kecha “Andijon” jamoasi uchinchi nazorat uchrashuvini “So'g'diyona” klubiga qarshi o'tkazdi.
Ushbu bellashuvda Sergey Shevchenko asosan ko'rikdan o'tayotgan yangi o'yinchilarni sinovdan o'tkazdi. Uchrashuvda "Andijon" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Andijonliklarning yagona to'pini Ayubxon Gapparov kiritdi.

“Andijon” tarkibi: Temur G'aniev, Vitaliy Vizaver, Temur Sultonov, Davron Tursunov, Akbar Xodjaev, Bekzod G'oziev, Ibrohim Otaxonov, Aziz Ibragimov, Mirzakamol Kamolov, Igor Melnik, Ayubxon Gapparov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: S.Smorodin, Abbos Maxsitaliev, Nikita Sviridov, Alisher To'xtasinov, Aleksandr Kablash.
Gol: A.Gapparov.
 
Bugun tarkibga yana ikki nafar yangi o'yinchi qo'shildi. “Paxtakor” yarim himoyachisi Abbos Maxsitaliev va ukrainalik Aleksandr Kablash “So'g'diyona”ga qarshi bahsda ishtirok etishdi. Kablash bundan avval “Navbahor” yig'inida qatnashib ko'rikdan o'ta olmagandi. Ushbu o'yindan keyin Shevchenko iydi ramozon xayit bayrami munosabati bilan futbolchilarga ikki kunlik dam berdi. Jamoa 29 iyuldan tayyorgarlikni yana Toshkentda davom ettiradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz