
Mana shu o'yinlardan biri 31 iyul kuni oliy liga vakili “Navbahor” jamoasiga qarshi o'tadi. Barchaga yaxshi ma'lumki, bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar hamisha murosasiz kechadi. Shuningdek, o'rtoqlik uchrashuvi maqomida o'tishiga qaramay, vodiy derbisi hamisha muxlislarda qiziqish uyg'otadi. Qolaversa, bu o'yin “Andijon” jamoasini oliy ligaga qay darajada tayyor ekanligini ham ko'rsatib beradi.
Shu bois 31 iyul kuni “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadigan bu uchrashuvga ishqibozlarni taklif etamiz. Ramozon oyi bo'lganligi bois stadionda muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratib beriladi. “Andijon” va “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi bellashuv 31 iyul kuni soat 18:45da boshlanadi.