"Andijon" besh o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2014, 14:51
Kecha oliy liganing 21-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Andijonda kechgan vodiy derbisida "Andijon" "Navbahor"dan ustun keldi - 3:1. Shunday qilib, "burgutlar" 5 o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham berishdi. So'nggi bor "Andijon" 15-turda "Qizilqum"ni mag'lub etgandi. Shundan keyin bo'lib o'tgan beshta bahsda jamoa faqat bir bor durang o'ynadi va 4 bor yutqazdi.

Umuman olganda "Andijon" ushbu mavsumda bo'lib o'tgan 21ta o'yindan faqatgina 3tasini o'z foydasiga hal qilgan. Ayni paytda "burgutlar" 11 ochko bilan musobaqa jadvalining eng so'nggi 14-pog'onasida borishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia