“Andijon”ning Toshkentdagi yig'ini boshlandi

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2018, 16:30
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan andijonliklar bugun tushlikdan so'ng Toshkentda yig'ildi.

Jamoa a'zolari uchun poytaxtimizdagi muhtasham “Turkiston” mehmonxonasi vaqtinchalik qarorgoh vazifasini o'tab beradi. Mashg'ulotlar ertadan ikki mahaldan olib boriladi. Futbolchilar “Obod” stadionida shug'ullanadi. Ushbu yig'in chog'ida bir nechta sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Xususan, Bekobodning “Metallurg”, Namanganning “Navbahor” hamda Qozog'istonning “Maxtaaral” jamoalari bilan o'yin o'tkazish yuzasidan kelishib olingan.  

Toshkentdagi yig'inga o'tgan yili “Andijon” sharafini himoya qilgan Ibrohim Otaxonov, Dilmurod Mahmudov, Jahongir Mahsudov, Baxtiyor Qosimov, Maqsud Mahmudov, Oybek Nurmatov hamda Alisher Abduvohidov jalb etilganini aytish lozim.

Shuningdek “UzDongJu”dan Usmonali Ismonaliev, Ziynatillo Ikromjonov, “Yangier”dan Xusan Olimjonov, Artur Mamatkazin, Uyg'un Bobonazarov, “NBU-Osiyo”dan Sunnat Abdullajonov va Mirshohid Olimov hamda “Cementchi”dan Maruf Zokirjonov kabi o'yinchilar ham “burgutlar”ning poytaxt yig'iniga taklif etilgan.  

Ayni damda murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirish uchun selekciya ishlari bo'yicha ham jiddiy ishlar olib bormoqda.  
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати