"Andijon" OCHL 2da "Arqadag'", Qatar va Bahrayn klublari bilan bir guruhdan joy oldi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2025
Kuala-Lumpurda OFK Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi uchun qur'a tashlanmoqda.

Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning qatorida O'zbekiston Kubogi sohibi "Andijon" klubi ham bor.

Qur'a natijalariga ko'ra, "Andijon" "B" guruhidan joy oldi. Raqiblar – "Al Ahli" (Qatar), "Arqadag'" (Turkmaniston) va "Al Haldiya" (Bahrayn).

Musobaqa 16 sentyabrda start oladi va keyingi yilning 16 mayiga qadar davom etadi. 

G'arb mintaqasi

"A" guruhi

1. "Al Vasl" (BAA)

2. "Istiqlol" (Eron)

3. "Al Muharraq" (Bahrayn)

4. "Al Vihdat" (Iordaniya)


"B" guruhi

1. "Al Ahli" (Qatar)

2. "Andijon" (O'zbekiston)

3. "Arqadag'" (Turkmaniston)

4. "Al Haldiya" (Bahrayn)


"C" guruhi

1. "Sepaxon" (Eron)

2. "Al Hussayn" (Iordaniya)

3. "Mohun Bagan" (Hindiston)

4. "Ahal" (Turkmaniston)


"D" guruhi

1. "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)

2. "Al Zavraa" (Iroq)

3. "Istiqlol" (Tojikiston)

4. "Goa" (Hindiston)


Sharq mintaqasi

"A" guruhi

1. Beyczin Goan (Xitoy)

2. "Makartur" (Avstraliya)

3. "Tay Po" (Gonkong)

4. "Cong An Hanoi" (Vetnam)


"B" guruhi

1. "Gamba Osaka" (Yaponiya)

2. "Namdin" (Vetnam)

3. "Ratchaburi" (Tailand)

4. "Istern" (Gonkong)


"C" guruhi

1. "Bangkok Yunayted" (Tailand)

2. "Selangor" (Malayziya)

3. "Layon Siti Seylors" (Singapur)

4. "Persib Bandung" (Indoneziya)


"D" guruhi

1. "Pohang Stilers" (Koreya)

2. "Patum Yunayted" (Tailand)

3. "Kayya" (Filippin)

4. "Tampins Rovers" (Singapur)


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia