"Andijon"ga polshalik himoyachi kelmoqda

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2025
"Burgutlar" ikkinchi davradan oldin transferlarni boshlab yuborishdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, polshalik markaziy himoyachi Kristian Novak yozgi transfer oynasi vaqtida "Andijon"ga ko'chib o'tadi.

1994 yilda tug'ilgan Novak 1.88 sm bo'yga ega. U faoliyati davomida Polshaning ko'plab klublarida, shuningdek, "Xart of Midlotian" (Shotlandiya), "Panionis" (Gretsiya), "Slaven" (Xorvatiya), "U Kluj" (Ruminiya), "Bogemian" (Irlandiya) va "Jenis" (Qozog'iston) klublarida to'p tepgan.  

Bugun, 9 iyul kuni "Jenis" bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agentga aylandi. Transfermarkt portali futbolchini 150 ming evroga baholamoqda. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia