Andijonda xayriya tadbiri o'tkaziladi, shoshiling!

Narzulla Saydullayev
19 may 2016, 14:28
1 iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlag xayriya tadbiri bo'lib o'tadi.

28 may kuni Andijon qon quyish markazi hamkorligida, shahrimizdagi kam taminlangan oilalarda yashovchi bemor bolalar uchun, #Soglom_kelajak_uchun xayriya akciyasi o'tkazilinadi.

Akciya soat 11:00da boshlanadi.

Akciya ikki turda o'tkaziladi.

1. Qon topshirish.
Inson tirikligini taminlovchi qon hech qanday yo'l bilan sun'iy ravishda tashkil etilmaydi. Shunday ekan, qon zaxirasi faqatgina donorlar yordamida yuzaga keltiriladi. Siz ham xayriya akciyamiz kuni kelib biz bilan birgalikda donor degan sharafli nomga sazovor bo'ling. Sizga ma'lumot sifatida topshirgan qoningiz kimga quyilganligi hakida xabar etkaziladi.

2. Moddiy xayriya.
Shahrimizda "Furqat" bolalar poliklinikasida doimiy davolanadigan bemor bolalar uchun har kim istaganicha moddiy xayriya qilishlari mumkin.

Shu kuni qon topshirgan va moddiy xayriya kilgan ishtirokchilar "Volonterskoe dvijenie Andijana" guruhi tomonidan va #Soglom_kelajak_uchun deb yozilgan brasletlar bilan taqdirlanadilar.

Akciya ishtirokchilari el sevgan sanatkorlarning dil tortar navolaridan, QVZ jamolari a'zolari va albatta uzoq kutilgan O'zbekcha "Stand Up" jamoasining chiqishlaridan bahramand bo'lishadilar.

Savob ishga shoshiling azizlar!

Tel: +99893 441 38 24

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia