Andijon viloyat futbol federatsiyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018, 22:15
Yig'ilishni Viloyat jismoniy tarbiya va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov va Viloyat futbol federatsiyasining birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov olib borishdi.

Yig'ilishning maqsadi O'zbekiston futbol Assosiaciyasi vice-prezidenti Umid Axmadjonovning viloyatdagi tashrifi chog'ida aniqlangan bazi bir kamchiliklarni bartaraf etish va endilikda yangicha tizimda ishlash yuzasidan yig'ilish qatnashchilariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig'ilishda shuningdek federatsiyaning  bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish va murabbiylarni licenziyalash bo'limi boshlig'i Sanjarbek Raxmonov, hakamlarni tayyorlash bo'limi boshlig'i Anvarjon Marajabovlar so'z olib yig'ilish qatnashchilariga amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan kerakli topshiriqlarini berishdi. Yig'ilish so'ngida qatnashchilarning taklif va mulohazalari ham tinglanib tegishli choralar ko'rilishi xaqida aytib o'tildi.

Viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib borish maqsadida har oyda shunday yig'ishlar tashkil etish borasida kelishib olindi.Navbatdagi yig'ilish mart oyida Izboskan tumanida o'tkazilishi rejalashtirildi.

Andijon viloyat futbol federatsiyasi matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia