"Andijon" Vengriya ikkinchi ligasi jamoasiga yirik hisobda yutqazdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2026, 20:06
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Andijon" Turkiyada Vengriya jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Unda yevropaliklar yirik g'alaba qayd etdi.

"Andijon" - "Vashash" (Vengriya) 0:4

Gollar: Pavkovish (6), Petxo (31), Tot (43), Nemet (57).

"Andijon"ning birinchi bo'lim uchun tarkibi: Eldor Adhamov, Abdurahmon Komilov, Odilbek Abdumajidov, Abdulvohid G'ulomov, Bekzod Sulaymonov, Humoyunmirzo Iminov, Abbos Abdug'afforov, Usmonali Ismonaliev, Sardor Azimov, Sayfiddin Sodiqov, Asilbek Aliev. 

Ikkinchi bo'lim uchun tarkib: Rahimjon Davronov, Odil Abdumajidov, Igor Golban, Ibrohim Yo'ldoshev, Islom To'xtaxo'jaev, Aleksandr Andronikashvili, Damir Temirov, Dragan Cheran, Doniyor Abdumannopov, Imeda Ashortia, Po'latxo'ja Xoldorxonov.

Ma'lumot uchun, "Vashash" Vengriyaning ikkinchi darajali ligasida 2-o'rinni egallab turibdi. Bu vengerlarning yig'indagi ikkinchi o'yini. Birinchisida jamoa Qirg'iz Respublikasining "Aziya" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'z navbatida "Andijon" ham yig'indagi ikkinchi bahsida qatnashdi. Andijonliklar ilk uchrashuvida "Siverek Belediespor"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia