

"Burgutlar" bugun Antaliyaga yo'l oladi va mashg'ulotlarni davom ettiradi. U yerda davom etadigan 35 kunlik tayyorgarlik jarayonida “Burgutlar” 9 ta nazorat uchrashuvini o'tkazishi ko'zda tutilgan. Hozirga qadar 7 ta sparring-raqiblar nomi ma'lum va bir kunda ikkitadan o'yinlar ham o'tkaziladi.
E'tiborlisi, “Andijon” Antaliyada asosan Yevropa klublariga qarshi bahs olib boradi. Tez orada yana ikkita raqib nomi ma'lum bo'ladi.
“Andijon” jamoasining Antaliyada o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari:
25-yanvar. “Andijon” – “LKS Lodz” (Polsha)
29-yanvar. “Andijon” – “Vorskla” (Ukraina)
2-fevral. “Andijon” – “Borac Banya-Luka” (Bosniya va Gertsegovina)
7-fevral. “Andijon” - “ASK Voycberg” (Avstriya)
7-fevral. “Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya)
13-fevral. “Andijon” – “FK Zelin” (Chexiya)
17-fevral. “Andijon” – "Vishista Krakov” (Polsha)



